Discover

Topics

Shamoili Muhammadiyya kitobi

Shamoili Muhammadiyya kitobi APK

Shamoili Muhammadiyya kitobi APK

1.0 FreeSabr ⇣ Download APK (4.04 MB)

Abu Iso Muhammad at-Termiziydan payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. ko'rinishi haqida

What's Shamoili Muhammadiyya kitobi APK?

Shamoili Muhammadiyya kitobi is a app for Android, It's developed by Sabr author.
First released on google play in 2 years ago and latest version released in 2 years ago.
This app has 3.8K download times on Google play and rated as 4.38 stars with 29 rated times.
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of Shamoili Muhammadiyya kitobi on google play
Abu Iso Muhammad at-Termiziy
Shamoili Muhammadiyya

Muhammadning shaklu-shamoyillari, siyratu-sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa payg‘ambarlardan farq etadigan xususiyatlari to‘g‘risida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan bahramand bo‘lgan sahobalar hamda nikohida bo‘lgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida ko‘plab asarlar bitilgan.
Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiyya" kitobi ular ichida qadimiyligi va rivoyatlarining sahihligi bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil ta’rif berilgan. Maslan, ikki kiftlari o‘rtasida "Muhammadun rasululloh" deya bitilgan muhri nubuvvatlari bo‘lgani, soch-soqollarining oqu-qorasi nechta bo‘lganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin o‘qigan duolari, suv ichishlari, xushbo‘y narsalarni iste’mol qilishlari, so‘zlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va she’riyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining miqdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari to‘g‘risida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari to‘g‘risida jumladan shunday naql qilinadi: "Ul zotning bo‘ylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qo‘l, oyoq va kiftlari yo‘g‘on, yuzlari qizg‘ish, ko‘zlari katta, oqi juda oq, qorasi o‘ta qora, o‘tkir, sochlari quloqlarining yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, bo‘yinlari sochlari orasidan tovlanib, go‘yo kumush ko‘zdek ko‘rinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi bo‘lsalar boshlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari bilan o‘girilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday ko‘rsalar, orqa tomonlarini ham shunday ko‘rar edilar".