Discover

Topics

Mo'min Muslimning 40 duosi

Mo'min Muslimning 40 duosi APK

Mo'min Muslimning 40 duosi APK

1.0 FreeNURELEL ⇣ Download APK (8.06 MB)

Mo'min Muslimning Muhim 40 duosi lotin letters

What's Mo'min Muslimning 40 duosi APK?

Mo'min Muslimning 40 duosi is a app for Android, It's developed by NURELEL author.
First released on google play in 4 years ago and latest version released in 4 years ago.
This app has 7.6K download times on Google play
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of Mo'min Muslimning 40 duosi on google play
Mo'min Muslimning Muhim 40 duosi lotin harflari

Alloh taolo Baqara surasining 186-oyatida shunday marhamat qiladi: «Bandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘liga yurishlari uchun (ular ham) mening (da’vatimga) javob qilsinlar va menga imon keltirsinlar». Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom duo ham ibodat ekanini marhamat qiladilar. Bino-barin, namoz so‘ngida Payg‘ambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni o‘qish maqsadga muvofiqdir:
✅ Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saklagin.
✅ Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va g‘ino (birovga muqtoj bo‘lmaslik holatini) so‘rayman.
✅ Allohim, meni afu et, yorlaqa, to‘g‘ri yo‘ldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.
✅ Qalblarimizni rizoligingga uyg‘un bo‘lgan amal va ibodatga tomon yo‘naltir.
✅ Parvardigoro, dosh berib bo‘lmaydigan balodan, insonni o‘limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro‘baro‘ bo‘lishdan Sening panohingga sig‘inaman.
✅ Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, aljiratib qo‘yuvchi qarilikdan, xastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panohingga sig‘inaman.
✅ Yo Robbim! Men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Sendan o‘zga gunohlarni kechirguvchi yo‘q. Meni yorlaqa va afu et. G‘ofur, Rohiym yolg‘iz Sensan.
✅ Iloho, foydasi tegmaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan, qabul bo‘lmaydigan duolardan panoh ber.
✅ Allohim! Do‘zax o‘tida yonishimga sabab bo‘ladigan fitnadan, do‘zax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin.
✅ Allohim! Yomon fe’l-atvor va amallardan, nafsoniy orzulardan asragin.
✅ Allohim! Qulog‘imning, ko‘zimning, tilimning, qalbimning, farjimning yomonligidan asragin.