Discover

Topics

Zikr va Duolar kitobi ( Lotin

Zikr va Duolar kitobi ( Lotin  APK

Zikr va Duolar kitobi ( Lotin APK

1.1 FreeAndroazeri (Nural İsmayilov) ⇣ Download APK (12.32 MB)

Imom Navaviyning al-Azkor chitobas asosida Zikr and Duos chitobi lotin

What's Zikr va Duolar kitobi ( Lotin APK?

Zikr va Duolar kitobi ( Lotin is a app for Android, It's developed by Androazeri (Nural İsmayilov) author.
First released on google play in 4 years ago and latest version released in 2 years ago.
This app has 122.7K download times on Google play and rated as 5.00 stars with 1,401 rated times.
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of Zikr va Duolar kitobi ( Lotin on google play
Siz uchun eng yaxshi zikr va duolar ( ibodatlar) kitobi. har doim telefoningizda va planshetingizda Lotin harflari Imom Navaviy

Payg'ambarimiz (s.a.v.) doimo duo qilishni buyurganlar. duo barcha qayg'u va ofatlarni bizdan uzoqlashtiradi...

Bismillahir rohmanir rohiym.
Bandalariga zikr va duolar eshigini ochib qo‘ygan Haq taologa Uning jaloliga yarasha hamdu sanolar bo‘lsin! Ummatlariga zikr va duolarda namuna bo‘lgan Rasulimiz va habibimiz Muhammad mustafoga salovotu durudlar bo‘lsin! O‘z dindoshlariga Qur’oni Karim va xadisi shariflardagi zikr va duolar haqidagi ta’limotlarni omonat ila naql qilgan sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo‘lsin! Alloh taolo:
«Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar! Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar», degan («Ahzob» surasi, 41-42-oyatlar).
Allohni zikr qilish qalbni Unga bog‘lash, U meni kuzatib turibdi, degan doimiy e’tiborda turish, Allohning buyruqlarini bir lahza ham esdan chiqarmay amalga oshirib borishdir. Ha, mo‘minlarning Allohni ko‘p zikr qilishlari matlub amaldir. Alloh ko‘p zikr qilingandagina turli yolg‘on bo‘hton chaqimchilik kabi gunoh gap-so‘zlar bizdan uzoqlashadi.
Allohni ko‘p zikr kilgan odamning kalbida behuda gaplarga, so‘kinishlarga, kishiga obro‘ keltirmaydigan holatlarga joy qolmaydi.
Allohni ko‘p zikr qilgan odamning qalbida dunyoning, uning matohlarining zikriga joy qolmaydi.
Allohni ko‘p zikr qilgan odamning qalbida turli ko‘ngilxushliklarga, inson zehnini chalg‘ituvchi maishatlarga joy qolmaydi.
Allohni ko‘p zikr qilgan odamning qalbiga Allohning muhabbatidan boshqa muhabbat sig‘maydi Allohni ko‘p zikr qilgan odamning tiliga avvalo Allohning ismi jo bo‘ladi. So‘ngra bu muborak ism asta-sekin uning halqumiga, ko‘ksiga va qalbiga etib boradi. Bunday inson tili bilan Allohning ismini aytmasa ham, qalbi «Alloh, Alloh» deb turadi. Nihoyat, butun vujudi shu holatga etadi. Ana shunda zokirlik maqomiga erishadi.

дуо oʻzbekcha, qoraqalpoqcha arab matnlari bilan. ozbekcha arab matnlari bilan. зикр