Discover

Topics

Tarixi Muhammadiy

Tarixi Muhammadiy APK

Tarixi Muhammadiy APK

3.0 FreeSabr ⇣ Download APK (5.64 MB)

Alixonto’ra Sog’uniyning TARIXI MUHAMMADIY asari

What's Tarixi Muhammadiy APK?

Tarixi Muhammadiy is a app for Android, It's developed by Sabr author.
First released on google play in 4 years ago and latest version released in 3 years ago.
This app has 21.5K download times on Google play and rated as 4.74 stars with 129 rated times.
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of Tarixi Muhammadiy on google play
Alixonto’ra Sog’uniy
TARIXI MUHAMMADIY
Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh, xohi qari, mana shu tubandagi to‘rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.
I. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.
II. Qur’oni karim tarixi.
III. Dini Islom tarixi.
IV. Ka’batulloh tarixi.
Shuning uchun, men faqir - Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniydurmankim, bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb yuqoridagi to‘rt narsa tarixini har qandoq kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga «Tarixi Muhammadiy» deb ot qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo‘yishlarini umid qilurman.

«Tarixi Muhammadiy» muallifi Alixonto‘ra Sog‘uniyni asrimizning ko‘plab ulamoi fozillari o‘zlarining buyuk ustozlari deb biladilar. Zero, ul zoti bobarakotning serfayz va ta’sirchan suhbatlaridan bir lahza bahramand bo‘lgan har bir tolibi sodiq yillar davomida o‘zga ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan ma’lumotlaridan ham ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolag‘a bo‘lmas. Kamina esa bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgo‘ylik davralarida va fayzli suhbatlarida ko‘p bo‘lganman va ko‘pdan-ko‘p ilmiy ishtibohlarimni so‘rab o‘ta qoniqarli javoblar olganman.