Discover

Topics

Robinzon Kruzo

Robinzon Kruzo APK

Robinzon Kruzo APK

3.0 FreePropubplace ⇣ Download APK (15.19 MB)

Daniyel Defo "Robinzon Kruzo" asari

What's Robinzon Kruzo APK?

Robinzon Kruzo is a app for Android, It's developed by Propubplace author.
First released on google play in 4 years ago and latest version released in 2 years ago.
This app has 628 download times on Google play
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of Robinzon Kruzo on google play
Robinzon Kruzo - 1719-yil aprelda ingliz yozuvchisi Daniyel Defo tomonidan nashr etilgan roman. Asar insonning tabiat bilan uyg‘unlikda ma’naviy tiklanishi haqida hikoya qiladi. Bu roman dengiz sayohatchisi Robinzon Kruzoning avtobiografiyasi sifatida yozilgan. Defo o‘z romaniga prototip qilib, shotlandiyalik qayiqchi Selkirkning 1704 - 1709-yillarda kimsasiz orolda qolib ketganini olgan edi.
1719-yil avgustda Defo “Robinzon Kruzoning keyingi sarguzashtlari” nomli ikkinchi kitobini chiqardi va yana bir yil o‘tgach “Robinzon Kruzoning jiddiy fikrlari” deb nomlangan uchinchi kitobini ham yozdi. Lekin faqat birinchi kitobgina dunyo adabiyoti xazinasiga kirdi va shu bilan birga yangi “Robinzoniada” janri paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
Kitob, York shahrida yashovchi va uzoq dengizlarga sayohat qilishni orzu qilgan Robinzon Kruzoning xayoliy avtobiografiyasi sifatida yozilgan. Otasining xohishiga qarshi, 1651-yilda u o‘z uyini tashlab, do‘sti bilan birinchi dengiz safariga jo‘naydi. Ushbu sayohat Angliya qirg‘og‘ida kema halokati bilan tugaydi, ammo bu halokat Kruzoni ko‘nglini dengizdan uza olmaydi va tez orada u savdo kemasida yana bir nechta sayohatni amalga oshiradi. Ushbu sayohatlaridan birida, uning Afrika sohilidagi kemasi berber qaroqchilari tomonidan qo‘lga olinadi va Kruzo qochib ketgunga qadar ikki yil davomida asirlikda qoladi. Robinzonni dengizda portugal kemasi qutqarib qoladi va ular bilan Braziliyaga borib, u yerda to‘rt yil davomida plantatsiyaga egalik qiladi.
Tezroq boyib ketishni istab, 1659-yilda Robinzon qullar olib kelish uchun Afrikaga noqonuniy savdo missiyasida ishtirok etadi. Biroq kema bo‘ronga duch kelib, noma’lum orol qirg‘og‘ida sayozlikka o‘tirib qoladi. Kruzo butun kema ekipaji ichida yagona tirik qolgan inson edi... Endi uni oroldagi uzoq va mashaqqatli hayot kutmoqda.