Discover

Topics

O'zingga Xush Kelding

O'zingga Xush Kelding APK

O'zingga Xush Kelding APK

1.1.4 FreeKitoblar Olami ⇣ Download APK (8.00 MB)

Kutib oling Bizda Premyera. Mutlaqo yang kitob.

What's O'zingga Xush Kelding APK?

O'zingga Xush Kelding is a app for Android, It's developed by Kitoblar Olami author.
First released on google play in 7 months ago and latest version released in 4 months ago.
This app has 26.1K download times on Google play
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of O'zingga Xush Kelding on google play
MIRACH CHAGʻRI OQTOSH

OʻZINGGA XUSH KELDING

"Jigarrang novdalardan pushti rang gullar ochilgani uchun umidsizlikka hojat yo'q"


Manzilni taqdir belgilaydi. Inson esa yo‘lovchi, to‘g‘ri yo‘lni topish, yurishdan to‘xtamaslik uning asosiy vazifasi. Yo‘l-yo‘lakay hayot haqida o‘ylab olishga ulgurish esa hammasidan muhim. Hayot haqida o‘ylash o‘zlikni anglashdan, tuyg‘ularni taftish qilishdan boshlanadi. Mirach Chag‘ri Oqtoshning qo‘lingizdagi navbatdagi esse-kitobi bu borada siz bilan dardlashadi, sirlashadi.

Senga o‘zingdan boshqa hech kim kerak emas. Eng yomon kuningni esla: "Men yoningdaman", deganlar ko‘p edi, lekin o‘sha og‘ir kunlarda yolg‘iz qolib ketmadingmi? Yiqilgan payting yana o‘zingga suyanib, o‘rningdan turmadingmi? To‘yib ketgan paytlaring yolg‘iz yig‘lamadingmi? Sendan so‘rayapman, nomunosib odamlar uchun o‘zingga nisbatan yetarlicha nohaqlik qilmadingmi? Odamlar keladi va ketadi. Qoladigani esa faqat sensan. O‘zingga o‘zing uchun g‘amxo‘rlik qil. O‘zingni o‘zing uchun ehtiyot qil. Hamma ketadi, sen qolasan. Yiqilsang, o‘zing oyoqqa turasan. Yaralansang, yarangni o‘zing davolaysan. Har doimgidek senga “Yoningdaman” deydiganlar bo‘ladi va yana shuncha dardni bir o‘zing yengib o‘tasan. Kimdir seni quchib taskin berishiga ehtiyoj sezasan va atrofga boqasan. Tevarak atrofingda bunday kimsaga ko‘zing tushmaydi, yana o‘zingni bag‘ringga bosasan.

O‘zingni ehtiyot qil. Senga hammadan ko‘p o‘zing keraksan.

Mirach Chag‘ri Oqtosh

Turk tilidan Nodirabegim Jamshid qizi tarjimasi.