Discover

Topics

Ov (qissa)

Ov (qissa) APK

Ov (qissa) APK

2.0 FreePropubplace ⇣ Download APK (8.06 MB)

Ov (qissa)

What's Ov (qissa) APK?

Ov (qissa) is a app for Android, It's developed by Propubplace author.
First released on google play in 4 years ago and latest version released in 2 years ago.
This app has 242 download times on Google play
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of Ov (qissa) on google play
Bismillahir Rohmanir Rohiym

Erta saharda mo‘minlar qatorida o‘rnimdan turg‘izgan, ko‘zimga nur bergan, ongimni tiniqlashtirgan, qo‘lga qalam olishga imkon yaratgan Egamga hamd aytmoq bilan ishga kirishgumdir. Yo Tangrim, dilimda bir dard uyg‘ongan, uni dindoshlarimga-da yetkazishga o‘zing madad bergaysen. Ey Olloh, boshimga qilich kelganida ham Sening muborak nomingni tildan qo‘ymagan, Vatan hurligi uchun jon bergan, ammo Vatan tuprog‘ida yotish nasib etmagan shahidlarni o‘z rahmatingga olg‘aysen. Ul muborak zotlarni qiyomatda bandam degaysen, Rasulillah shafoatlariga O‘zing muyassar qilg‘aysen, omiyn!
Yo Tangrim, O‘zingning rizoliging bilan, shahidlar ruhini shod etmoq maqsadida shul asarni yozmoqqa jazm etdim. Biz gunohkor bandalaringga O‘zing hidoyat, insofu tovfiq ber...
Bu tong Unet sayyorasi tashvishli xabar bilan uyg‘ondi. Bir etagi dengizga tutash baland tog‘ siynasiga joylashgan kuzatuv maskani «1248» raqami bilan belgilangan sayyoraga yetib borgan koinot kemasining halokatga uchragani haqida ma’lumot tarqatdi. Kema nima sababdan sayyora sathiga qulagani noma’lum edi. Unet olimlariga ma’lum bo‘lgan narsa - fazogirlarning uchtasi halok bo‘lgan. Birovi hayot, ammo uning-da qismati qorong‘i.
O‘sha tong unetliklar taqvimida 2419 yil, erta kuz oyining o‘n birinchi kuni boshlandi. Unetliklar «1248» sayyoraning nomi «Yer» ekanini, kemalari Yer vaqti bilan 1908 yil iyunining o‘ttizinchi tongida halokatga uchraganini keyinroq biladilar. Tirik qolgan yagona fazogirning taqdiri esa ularga uzoq yillar noma’lum bo‘lib qolaveradi.