Discover

Topics

O'limni eslash kitobi - Imom G‘azzoliy

O'limni eslash kitobi - Imom G‘azzoliy APK

O'limni eslash kitobi - Imom G‘azzoliy APK

1.0 FreeSabr ⇣ Download APK (6.16 MB)

Alloh O‘limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va’dalashilgan manzil qildi.

What's O'limni eslash kitobi - Imom G‘azzoliy APK?

O'limni eslash kitobi - Imom G‘azzoliy is a app for Android, It's developed by Sabr author.
First released on google play in 2 years ago and latest version released in 2 years ago.
This app has 3.4K download times on Google play and rated as 4.60 stars with 10 rated times.
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of O'limni eslash kitobi - Imom G‘azzoliy on google play
Imom G‘azzoliy
IHYOU ULUMID-DIN
O‘LIMNI ESLASH KITOBI

Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan, qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan, o‘limni mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo‘kqa chiqargan zot - Ollohga hamd bo‘lsin. Darhaqiqat, «dunyoga ustunman» degan sonsiz bahodirlarga, kisroyu qaysarlarga va’da haq bo‘ldi. Ollohularni tubsiz chohga qulatdi. Bas, ular qasrlardan qabrlarga, nur balqqan beshiklardan qop-qorong‘u go‘rlarga ko‘chdilar, ayollar va bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo‘lib, hasharot va ochofat kurtlarga yem bo‘ldilar.
Taom va sharob ne’matidan kesilib, qaro tuproqqa qorildilar. Ulfatlarning huzurbaxsh bazmidan uzilib, dahshatli yolg‘izlik, so‘ngsiz bezovtalik ichra qoldilar.
Aytingchi, dunyoda o‘limdan saqlaydigan biror qal’a yoki kuch bormi?! Bor bo‘lsa, u bilan himoyalaning, qani, o‘zingizni o‘limdan to‘sib ko‘ring-chi!
«Biz ulardan ilgari ham ancha avlodni halok qilganmiz. Siz ulardan birortasini ko‘rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!» (Maryam surasi, 98-oyat).
Buyuklik va qudratda yagona bo‘lgan Olloh shirk va nuqson kirlaridan pokdir. U zot baqoning egasi, Undan o‘zgasi fanodir. Boqiy zot foniylarga baxt ato etdi. O‘limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va’dalashilgan manzil qildi. Qabr esa badbaxtlar uchun zindon, to yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo‘ldi.
Barcha ne’matlarni ato qilguvchi - Olloh, so‘ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi ham Olloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko‘p. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to‘la!
Ochiq mo‘jizalari bilan bani Odam ichra mumtoz janobi pang‘ambarimiz Muxammad alayhissalomga, uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo‘lsin!