Discover

Topics

KIMYOI SAODAT

KIMYOI SAODAT APK

KIMYOI SAODAT APK

1.0 FreeSmart Books ⇣ Download APK (5.06 MB)

KIMYOI SAODAT (Ruh haqiqati)

What's KIMYOI SAODAT APK?

KIMYOI SAODAT is a app for Android, It's developed by Smart Books author.
First released on google play in 4 years ago and latest version released in 4 years ago.
This app has 4K download times on Google play and rated as 4.36 stars with 14 rated times.
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of KIMYOI SAODAT on google play
Kitob muallifi: Abu Homid G’azzoliy
Manba: www.ziyouz.com кутубхонаси

«KIMYOI SAODAT» ASARINING TO’LIQ MATNI HAQIDA
Sharq falsafasi va uning tarmoqlari bo‘lgan tavhid, kalom, tafsir, hadis, ruhiy va tabiiy fanlar o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etib, buning o‘zaro uyg‘un rivojlanish yo‘llarini kashf etgan, fan va din bir-biriga dushman emas, do‘st ekanligini dalillab bergan atoqli faylasuf Muhammad Abu Homid G’azzoliy asarlari jahondagi juda ko‘p donishmand, faylasuflarning e’tiborini jalb etib kelgan.
G’azzoliy «Kimyoi saodat»da bunday hikoyani keltiradi: Bir guruh ko‘rlar yo‘lni ko‘rmay, chetroqda ko‘zalar turgan joydan o‘ta boshladilar va «Kimdir yo‘limizga to‘siqlar qo‘yibdi» deb shikoyat qiladilar. Aslida ular ko‘rligi tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan edilar. Darvoqe’, Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi ko‘pchilik hikoyatlar «Ihyo»dan: «Nafs (ruh) chavandozga; badan otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘rligi otning ko‘rligidan zararlioqdir. Yana: Aql qalbga qo‘shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda aql-fazilat emas».
Imom Muhammad G’azzoliyning nomi va asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi. Muhammad va uning ukasi Ahmad bolalik chog‘larida otadan yetim qoldilar. So‘fiy amakisi ularni boqib, tarbiyalab, maktab va madrasalarda o‘qitdi. Arab olimi Abdurahmon Badaviy, turk olimi Ayniy Ilhon «Mustazxiriya» kirishida yozishicha. Zayniddin fiqq (islom shariati ahkomlari)dan ilk bilimlarni zamonasining mashhur olimi Ahmad bin Muhammad Rodgoniydan Oltan. Ustozining vafotidan so‘ng Nishopurga borib tahsilni davom ettirgan. Bu yerda unga Makka va Madina imomi Juvayniy ustozlik qilgan. 1085 yilda Juvayniy vafot etgach Zayiyh’ain Nishopurdan ketib. Shom. Quddus. Makka, Madinani ziyorat qilib, Bag‘dodga keladi. Saljuq sultoni Malikshohning dono vaziri Nizomul-Mulk unga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Uni mashhur Nizomiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlanadi.
Imom G’azzoliy islom falsafasiga doir ko‘pgina buyuk asarlar yaratdi. Uning «Ihya al- ulum ad-din» («Diniy ilmlarning tirilishi»), «Makrsidul falosifa» (Faylasuflarning maqsadlari»), «Taxofutul falosifa» («Faylasuflarning ixtiloflari»), «Fazoyixul botiniya» («Botiniylikning rasvoligi»), «Qistosul mustaqim» («Haqiqat mezonlari»), «Ma’qulot», «Sifotul-asror», «Al-Munqiz min az-zalal» («Zalolatlar, yanglishuvlardan qutqaruvchi kitob»), «Javohirul Qur’on», «Mishkotul anvor» («Nurlar manbai»), «Yoqut at-ta’vil» («T alqin, tafsirilarning gavhari», Navoiyning aytishicha 40 jildli), «Me’zonul-amal», «Ajoyibul-qulub», «Risolai laduniya» kabi asarlari jahon falsafiy tafakkurining cho‘qqilarini
www.ziyouz.com кутубхонаси 1
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy

tashkil etadi.
Arastu, Forobiy, V. Shekspir, Balzak, St. Sveyg, Luis Borxes, V. Belinskiy, N.G.
Chernishevskiy, Jubron Halil asarlarining tarjimoni, yozuvchi va adabiyot nazariyotchisi Mahkam Mahmud rahmatli do‘sti, tarix, adabiyot bilimdoni Abdulloh Umarzoda bilon Muhammad G’azzoliyning «Kimyoi saodat» asarining to‘liq matnini ilmiy asosda nashrga tayyorlab juda savob xayrli ish qilganlar. Bu asar Sharq xalqlarining boy madaniyati va falsafasini o‘rganishda bebaho xazinadir.
Najmiddin Komilov, Filologiya fanlari doktori, professor. Abduqayum Pardaev, Falsafa fanlari nomzodi.