Discover

Topics

Gunohi Kabiralar

Gunohi Kabiralar APK

Gunohi Kabiralar APK

5.2 FreeSmart and free books ⇣ Download APK (4.33 MB)

Imom Zahabiyning "Gunohi Kabiralar" degan kitobi

What's Gunohi Kabiralar APK?

Gunohi Kabiralar is a app for Android, It's developed by Smart and free books author.
First released on google play in 4 years ago and latest version released in 7 months ago.
This app has 41.4K download times on Google play and rated as 4.78 stars with 109 rated times.
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of Gunohi Kabiralar on google play
Islom olamining mo‘’tabar olimlari qatorida, shubhasiz, Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Abu Abdulloh Zahabiy Shofe’iy hazratlarining ham munosib o‘rni bor. Imom Zahabiy hijriy 673 yili Suriyaning Damashq shahrida tavallud topganlar. «Zahabiy» taxallusi u kishiga otalarining kasbiga nisbatan berilgan bo‘lib, «zargarning o‘g‘li» degan ma’noni anglatadi. Hadis ilmi bilan 18 yoshdan shug‘ullanishni boshladilar, Ba’labakka, Hims, Hama, Aleppo, Tripoli, Nabulus, Ramla, Qohira, Iskandariya, Quddus, Hijoz kabi jami o‘ttizta shaharda bo‘ldilar. Ilm tahsili uchun juda ko‘p olimlarning xizmatida turdilar. Ibn Zahiriy, Abarquhiy, Shayxul-Islom Ibn Daqiq Iyd (Imom Zahabiy u kishining oldiga ilm o‘rgangani kelganida, imtihon qilib: «Abu Muhammad Hiloliy kim?» deb so‘ragan, Imom Zahabiy: «Sufyon ibn Uyayna», deb to‘g‘ri javob bergach, Ibn Daqiq Iyd u zotni shogirdlikka qabul qilgan), davrining yetuk hadisshunos olimi Sharafiddin Dimyatiy, Jaloliddin Abu Ma’li Ansoriy kabi olimlardan hadis va fiqh ilmini o‘rgandilar. So‘ng Damashq shahriga qaytib, hadis ilmidan dars berdilar, islom olamida nomlarini mashhur etgan kitoblarini yozdilar. 73 yoshda ko‘z nuridan ayrildilar va ikki yildan so‘ng foniy dunyoni tark etdilar. Uchta farzandi bor edi: qizining ismi Amat Aziz va o‘g‘illari Abdulloh bilan Abu Hurayra Abdurahmon. Abdurahmon keyinchalik hadis ilmi peshvosiga aylanib, Ibn Nasriddin Damashqiy va Ibn Hajar Asqaloniy kabi olimlarga dars berdi, otasidan eshitgan ko‘plab hadislarni rivoyat qildi. Imom Zahabiy 75 yil umr ko‘rdilar, islom olamida hadis ilmining sultoni, qomusiy ilmlarga ega tarixchi, shajarashunos va shayxul islom sifatida nom qozondilar.

Kitob muallifi: Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Tarjimon: Dilmurod Qo‘shoqov
Muharrir: Ulug‘bek Mutalov
Musahhih: Abdug‘afur Iskandar