Discover

Topics

G'aroyib Bolalar

G'aroyib Bolalar APK

G'aroyib Bolalar APK

1.1.11 FreeKitoblar Olami

Kutib OLIng. Yangi kitobimiz

What's G'aroyib Bolalar APK?

G'aroyib Bolalar is a app for Android, It's developed by Kitoblar Olami author.
First released on google play in 1 year ago and latest version released in 8 months ago.
This app has 1.9K download times on Google play
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of G'aroyib Bolalar on google play
Do'stim Ahmad! Bir-birimiz bilan tez-tez xat yozishib turamiz, deb va'dalashgan edik. Negadir o'shanda menga unchalik ishonqiramovding... Zaynab, sen Anqarada o'zingga yangi o'rtoqlar topgach, bizlarni esdan chiqarib yuborasan, degan eding. Mana, so'zimning ustidan chiqyapman. Demak, sizlarni unutmabman. Anqaraga ko'chib kelganimizga bir hafta bo’ldi. Yangi uyga joylashib ham oldik. Senga ilgariroq xat yozishning iloji bo’lmadi. Chunki yangi maktabga endi qatnay boshladim. Yangi adresimizni ham kuni kecha dadamdan bilib oldim. Xat yozishni sendan boshlayapman. To'g'risini aytganda, o'qishlar avji qizib turganida maktabni tashlab, Istanbuldan chiqib ketishga hecham ko'nglim bo’lmovdi, ham sinfdosh o'rtoqlarimga o'rganib qolgan edim. Axir to'rt yildan ko'p birga o'qidik-da. Ammo ilojim qancha, dadam Anqaraga yangi ishga o'tdi. Uy ichi bilan ko'chib keldik. Yaqin og'aynilari dadamga Anqaradan yaxshiroq ish topib berishdi, bu haqda senga Istanbulda ham aytgan edim. Dadam uchta sinfdosh o'rtog'i bilan hozir bir firmada ishlayapti. Uchovi ham oilasi bilan bir binoda turisharkan. Ular dadamga ham ish, ham shu binodan bo'sh uy topib qo'yishibdi. Dadamning o'rtoqlari ham bola-chaqali ekan. Bir binoda to'qqiz bola bo'lib qoldik. Yoshlarimiz har xil. Beshtamiz bitta maktabga qatnaymiz. O'zim tengi bir bola bilan bir sinfda o'qiyapman. Ukam Metin yangi maktabdan, yangi o'rtoqlaridan yotsirab yuribdi. Men bo’lsam hammasiga darrov ko'nikib ketdim. Hayotda ro'y beradigan muhim voqealar haqida yozib turishga kelishib olgan edik. Yangi uy, yangi maktab, yangi o'rtoqlar - bular mening hayotimda muhim gap bo'ldi. Hammasi shu, boiak yangiliklar yo'q. Istanbuldagi sinfdosh o'rtoqlarimni juda tez sog'inib qoldim. Sizlar bilan qachon va qayerda ko'rishamiz endi? Menga o'xshab sen ham bergan so'zingning ustidan chiqasan, deb ishonaman. O'rtoqlarning hammasiga mendan salom aytib qo'y. Hammangizga muvaffaqiyat tilayman.