Discover

Topics

Eynshteyn Jumbog'i

Eynshteyn Jumbog'i APK

Eynshteyn Jumbog'i APK

1.1.1 FreeKitoblar Olami ⇣ Download APK (7.95 MB)

Premyerda. Kutib Oling Qiziqarli, ajoyib, yangi hikoya.

What's Eynshteyn Jumbog'i APK?

Eynshteyn Jumbog'i is a app for Android, It's developed by Kitoblar Olami author.
First released on google play in 7 months ago and latest version released in 7 months ago.
This app has 18 download times on Google play
This product is an app in Books & Reference category. More infomartion of Eynshteyn Jumbog'i on google play
Dekabrning asov shamoli tun bag‘rida o‘zini har yonga urib, bo‘riday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bag‘ridagi chiroqla rini o‘chirib, shamolga jo‘r bo‘lib, qorang‘i tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq shu imoratlar biqinidagi tarovatidan g‘alati taassurot uyg‘ota digan ikki qavatli binoning pastki qavatidagi derazada zaifgina yorug‘lik miltillaydi.
Tokchadagi yovg‘on, bir necha kun turib qolgan sabzavotlar xonaga badbo‘y his taratardi. Suvoqlari ko‘chib ketgan devorga omonatgina suyangan bir kimsa erigan shamdek shumsha yib o‘tirardi. Uning nigohi bir nuqtada - jahoniy fizik olim Albert Eynshteynning tilini ko‘rsatib tushgan mashhur suratida* ma’no-mazmunsiz va shuursiz qotib qolgandi. Olim ham uning holidan kulib o‘tirganday edi go‘yo. Izg‘irin derazaning salqi bo‘lib qolgan oynasini beti nim shapatilar, yoriq joylariga tiqib qo‘yilgan paxtani itargancha, to‘g‘ri uning ajin bosgan yuziga urilardi. Uning yoshi endi qirqni oshgan bo‘lsada, sochlari qordek oppoq edi… Samoning par yostig‘i teshilganday laylak qor yog‘ardi. U iztirob to‘la ko‘zlarini yumib oldi. O‘shanda ham shunday laylak qor yog‘ardi…

… Ichki telefondan kotibaning mayin ovozi eshitildi:
- Xayrli kun, Azim aka. Birinchi qor bilan. Rahbarimiz sizni so‘rayapti.
Azim «Istiqlolbank» xususiy bankining boshqaruvchisi eshigini jur’atsizgina taqillatarkan, miyasida ming xil o‘y charx urar edi. «Nima gap bo‘lishi mumkin?» U ichkarida uzog‘i bilan o‘n daqiqacha bo‘ldi. O‘z xonasiga keliboq, uyga qo‘ng‘iroq qildi:
- Malika, bir xushxabarim bor. Qani, uning nimaligini topchi? - dedi xotiniga dabdurustdan.
- Xushxabar? Nima bo‘lishi mumkin?.. Aytaveringda. Bilasizu, topishmoqlarga tishim o‘tmaydi… Baribir topolmadim. O‘zingiz ayta qoling.
- Bilasanmi, meni kredit bo‘limi rahbari etib tayinlashdi…
Malikaning yuragi hapqirib ketdi. O‘zini pardek yengil his etdi. Oyoqlari yerdan uzilganday bo‘ldi. Ruhi olis-olislarga parvoz ayladi. Xotiralar epkini esdi, ular musiqiy sonatalarga aylanib, uni allalay boshlaganidan eriga tuzuk-quruq javob qaytarolmadi. Azim bilan u sevishib turmush qurgandi. Boshida ota-onasi Azim yetim qolib, mehribonlik uyida ulg‘aygani bois, o‘ylanib qolishgandi. Bir tomondan ancha qarshilik qilishib, qizlarini bu murodidan qaytarishga jonlarini jabborga berib tirishishdi, boshqa tomondan esa ikkilanishardi. Ikkilanishda har ikki yo‘lga mayl, moyillik bo‘ladi. Onasining so‘zi bilan aytganda: «Bunaqa oilaparvar yigitlar hozirgi zamonda anqoning urug‘i». Xullas, qarindosh-urug‘ oldidan o‘tishdi. Ikki yoshning orzu-omoli ushaldi.