Discover

Topics

Boylik Va Qashshoqlik

Boylik Va Qashshoqlik APK

Boylik Va Qashshoqlik APK

1.1.9 FreeKitoblar Olami ⇣ Download APK (10.90 MB)

Ushbu dasturda boylik va qashshoqlik haqida bilib olasiz.

What's Boylik Va Qashshoqlik APK?

Boylik Va Qashshoqlik is a app for Android, It's developed by Kitoblar Olami author.
First released on google play in 1 year ago and latest version released in 2 months ago.
This app has 23.3K download times on Google play and rated as 4.37 stars with 27 rated times.
This product is an app in Business category. More infomartion of Boylik Va Qashshoqlik on google play
Qoʻlingizdagi kitobchada boylikka erishishning fundamental qonuniyatlari,
hamda boy bolish usullari haqida gap yuritiladi. Bu ajoyib qonuniyatlar va
tushunchalar qoʻhna Xitoyda pul tushunchasi paydo boʻlgandan beri muttasil amal
qilib kelmoqda. Bu qonunlarni bilasizmi, yoqmi - bu sizdan boshqa insonlar uchun
ahamiyatli emas. Ular xuddi fizika yoki kimyo fani qonunlari kabi muqarrar va
mavjud qonuniyatlar. Biz ushbu kitobchada “boylik”, “pul”, “badavlat” kabi
atamalarni koʻp ishlatamiz. Balki bu amal baʼzilarga unchalik maʼqul kelmasdan,
qandaydir moddiyat olamiga oʻziga xos daʼvat boʻlib tushunilishi mumkin.
Shuning uchun ham oʻquvchilarga ushbu kitobchani taqdim etishdan koʻzda
tutilgan asosiy maqsadimizni qisqacha boʻlsa ham aytib oʻtmoqchimiz: biz oʻz
kelajagimizni va ona vatanimizni chindan ham buyuk va farovon xolda koʻrishni
istaymiz. Bizning farzandlarimiz yanada bilimli, dono va hech kimdan xech
qachon kam boʻlmasligini istaymiz. Undan tashqari, biz yoshlarimizning pul
topish uchun ertadan kechgacha boshqalarga, yirtqich kapitalistlarga va boshqa
davlatlarga ishlab berishini emas, iloji boricha oson va qulay yoʻllar bilan oʻz
vatanlarida moddiy mustaqillikka erishib, qolgan vaqtlarini oʻz aqliy va jismoniy
qobiliyatlarini takomillashtirish va maʼnaviyatlarini boyitishga, ona Vatanni
rivojlantirishga sarflashlarini xohlaymiz. Qoʻllanmada bir qancha amaliy
maslahatlar, koʻrsatma va maʼlumotlar beriladiki, ularning yordamida bu sehrli
olamni yanada mukammalroq tushunib olish mumkin.
Ushbu kitobchani yozishdan asosiy maqsad - boshqa mualliflar yozgan kitob va
risolalardan unumli foydalangan holda halqimizning biznes va tadbirkorlik
boʻyicha bilim darajasini oshirish hamda biznez osti falsafiy qarashlarni
ommalashtirishdir. Agarda biror bir muallif bu yerda yoritilgan masala va
muammolarni oʻziga tegishli deb bilsa, buni albatta tan olamiz va shuni aniq-
ravshan qilib aytamizki, biz bu yerdagi gʻoya va fikrlarga mualliflik daʼvo
qilishdan hamda shuning natijasida qandaydir mablagʻ ishlab olishdan yiroqdamiz
- ezgu vazifamiz va maqsadimiz birgina: halqimizga biznes va tadbirkorlik
yuzasidan ayni «Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni
qoʻllab-quvvatlash yili» da kerakli boʻlgan madaniy-maʼrifiy maʼlumotlar berishdir
holos. Demak, agarda mamlakatimiz rivojlanishini hohlasangiz, boy-badavlat
yashashni istasangiz va barcha sizga havas bilan boqishini orzu qilsangiz - bu
kitob huddi siz va sizga oʻxshaganlar uchun!